«tog‘li qorabog‘» tegli maqolalar


Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
28 sentabr 2023, 14:40

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.

Tog‘li Qorabog‘dagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam jarohatlandi
26 sentabr 2023, 17:26

Tog‘li Qorabog‘dagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam jarohatlandi

Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert shahri yaqinida yonilg‘i omborining portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 290 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Tan olinmagan respublika vakillarining xabar berishicha, ombor Qorabog‘dan Armanistonga ketayotganlarni benzin bilan ta’minlagan.

Tog‘li Qorabog‘dan minglab qochqinlar Armanistonga yetib keldi
25 sentabr 2023, 22:53

Tog‘li Qorabog‘dan minglab qochqinlar Armanistonga yetib keldi

Bir kun avval evakuatsiya boshlanganidan buyon Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 6500 dan ortiq qochqin yetib keldi. Tan olinmagan respublika rasmiylari hududni 120 mingdan ortiq etnik armanlar tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan
22 sentabr 2023, 17:10

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Yerevanda uch kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar Armaniston bosh vazirining iste’foga chiqishi va tan olinmagan respublikadan keluvchilar qabul qilinishini so‘ramoqda. Politsiya 80 dan ortiq namoyishchini hibsga olgan.

Ozarbayjon Qorabog‘da “aksilterror tadbirlari” boshlanganini e’lon qildi
19 sentabr 2023, 16:09

Ozarbayjon Qorabog‘da “aksilterror tadbirlari” boshlanganini e’lon qildi

Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun” Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror tadbirlari” boshlaganini e’lon qildi. Tan olinmagan respublika poytaxti Stepanakert artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Mudofaa vazirligi bayonotida fuqarolik obyektlari va tinch aholi nishonga olinmayotgani aytilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 may 2021, 20:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda emlanmagan davlat organlari xodimlarining ishga kiritilmasligi, Saudiya Arabistonida qarzi uchun qamoqqa olinganlarning kreditlari to‘lanishi, Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi
13 aprel 2021, 14:33

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab quradi

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da maktab qurishni rejalashtirmoqda, dedi AOKA direktori Asadjon Xodjayev. Uning aytishicha, hududdagi tiklanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati belgilanmoqda, ularni rekonstruksiya qilishga o‘zbekistonlik quruvchilar jalb qilinadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 fevral 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshlagani, Ispaniya sobiq qirolining soliq qarzi sifatida 4 mln yevro to‘lagani, Turkmanistonda «turkman alabayi» bayrami ta’sis etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
12 yanvar 2021, 12:27

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 dekabr 2020, 18:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada karantin choralari kuchaytirilgani, Eron parlamenti uranni boyitish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, dunyoda ehtiyojmand aholi soni 40 foizga ko‘paygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi
27 noyabr 2020, 12:01

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi

Fransiya o‘zini e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olmaydi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi. Avvalroq, Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga undaydigan rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 noyabr 2020, 19:50

Jahon yangiliklari dayjesti

BAAdan Isroilga birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov, Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olgani, BAA 13 ta davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting